TEXNIKA FANLARI
QUYOSH SUV CHUCHITGICH QURILMASI TAJRIBA TADQIQOT NATIJALARI
Referat
Hozirgi kunda Yer sharidagi suv resurslarining taxminan 97 % ini sho‘ r suvlar, qutb va tog‘ muzliklari, atigi 1 % ini esa inson iste’moli uchun yaroqli chuchuk suv resurslari tashkil etadi. Biroq chuchuk suv zaxiralarining Yer yuzida notekis taqsimlanganligi sababli dunyoning ayrim hududlarida aholi ichimlik suvi taqchilligiga duch kelmoqda hamda ayrim hollarda iste’mol uchun sho‘r yoki minerallashgan suvlardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa suv bilan bog‘liq turli kasalliklarning tarqalishiga va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur muammoni barta raf etish maqsadida dunyo olimlari tomonidan sho‘r suvlarni chuchuklashtirishning energiya tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarini yaratish hamda takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan quyosh suv chuchitish qurilmalari istiqbolli yechimlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu maqolada quyosh konsentratorli suv chuchitish qurilmalarining zamonaviy rivojlanish holati tahlil qilindi. Shuningdek, bunday qurilmalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi, chuchuk suv ishlab chiqarish unumdorligi hamda qurilmaning ishlash ko‘rsatkichlariga atrof-muhit omillarining ta’siri ilmiy jihatdan baholandi. Maqolada ichimlik suvi sifatining inson salomatligiga ta’siri o'rganildi, taklif etilgan qurilma tajribada sinovdan o'tkazildi va natijalar asosida xulosalar chiqarildi. Tajriba natijalari atrof-muhit omillari chuchuk suv ishlab chiqarish samaradorligiga sezilarli ta’sir etishini ko‘rsatdi: ochiq havoda sutkalik chuchuk suv miqdori 6,5 l, o‘zgaruvchan bulutli havoda esa 2,5 l ni tashkil etdi. Ichimlik suvi taqchilligini kamaytirish maqsadida taklif etilgan quyosh suv chuchitish qurilmasidan olingan eksperimental natijalar shuni ko'rsatadiki, chuchuk suv ishlab chiqarish texnologiyalari bo'yicha chuqur tadqiqotlar olib borish juda muhimdir. Bunday qurilmalarning chuchuk suv ishlab chiqarish samaradorligini oshirish suv tanqisligidan aziyat chekayotgan jamoalarni barqaror va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta'minlashning asosiy ustuvor vazifasi bo'lib qolmoqda.Kalit so'zlar
chuchuk suv
suv tanqisligi muammosi
quyosh konsentratorli suv chuchitgichlari
quyosh radiatsiyasi
quyosh kuzatuv tizimi
ikki o‘qli harakatlanuvchi mexanik yuritma
quyosh energiyasi
elektr energiya sarfi
reaktor sirtidagi harorat.
Mualliflar
Iqtibos keltirish tartibi
Jurnal uslubiQudratov, J. B. o.; Safarov, A. B.; Hatamov, I. A.; Michael, B. QUYOSH SUV CHUCHITGICH QURILMASI TAJRIBA TADQIQOT NATIJALARI. Innovatsion texnologiyalar, 2026, 63(3), 124-133.
https://doi.org/10.70769/218-4732.ITJ.2026-3.13
Adabiyotlar
- Obai Younis, Ahmed Kadhim Hussein, Mohammed El Hadi Attia, Comprehensive Review on Solar Stills — Latest Developments and Overview, Sustainability journal, 16 August 2022, 2-59.
- Dsilva Winfred Rufus D, S.Iniyan, L.Suganthi and P.A.Davies, Solar stills: A comprehensive review of designs, performance and material advances, © 2016, Elsevier. Licensed under the Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International, https://doi.org/10.1016/j.rser.2016.05.068, 2016, 2-3 p.
- Ettore Morosini, Igor Matteo Carraretto and Giampaolo Manzolini, Hybridization of Innovative Seawater Thermal Desalination Technologies up to ZLD with sCO2 Concentrated Solar Power Plants, Research Paper, 9 June 2026, https://doi.org/10.1016/j.enconman.2026.121696, 1-15 p.
- Nilesh S. Wakchaure, Purnanand V. Bhale, Rohan R. Pande, Rajesh Prajapati, Experimental investigation of a closed loop jacketed solar water Heating-Based humidification dehumidification desalination system, Research Paper, 19 May 2026, https://doi.org/10.1016/j.tsep.2026.104754, 1-15 p.
- Xin Lu, Xiaomin Yin and Youming Hu, Environmental and technical assessment through computer simulation and design of a solar hybrid power plant with MSF/TVC-MED/TVC desalination, Research article, Renewable Energy, 1 May 2026, https://doi.org/10.1016/j.renene.2026.125429.
- Yingfei Huang, Amr Omar, Robert A. Taylor, Greg Leslie, Global site selection for hybrid solar thermal desalination: advancing the energy-water nexus with open-source tools, Research Paper, 30 January 2026, https://doi.org/10.1016/j.enconman.2026.121091, 1-12 p.
- Mohamed T. Abdelghany, Mehmet Fatih Orhan, Empowering water security: High-efficiency hybrid solar desalination systems, Review article, 8 September 2026, https://doi.org/10.1016/j.ijft.2026.101693, 1-23 p.
- William Mueller, Daniel Zamrsky, Saltwater intrusion and human health risks for coastal populations under 2050 climate scenarios, Scientific Reports, (2024) 14:15881, https://doi.org/10.1038/s41598-024-66956-4, 1-6 p.
- O‘zbekiston Respu blikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabridagi PQ-4477- son “2019 -2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
- PCE instruments, https://www.industrial-needs.com/technical-data/photovoltaic-data-logger- macsolar.htm.
- Radical TechMart, radicaltechart@gmail.com.
- UNI-T, https://thermal.uni-trend.com/product/uti32/.