GEOLOGIYA-MINERALOGIYA FANLARI
SHIMOLIY SHO‘RTAN KONIDA NEFTBERAOLUVCHANLIKNI OSHIRISH UCHUN QUDUQLARDA GEOLOGIK VA TEXNIK TADBIRLAR SAMARADORLIGINI ASOSLASH
Referat
Neft va gaz konlarini ishlatishning so‘nggi bosqichida quduqlardagi turli muammolarni hal etish uchun geologik va texnik tadbirlar samaradorligini asoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Shimoliy Sho‘rtan konidagi quduqlarni ng joriy ishlash holati va gidrodinamika tadqiqotlar asosida neftberaoluvchanlikni oshirish choralari bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Quduq tubi zonasida togʻ jinslarining tabiiy oʻtkazuvchanligi u yoki bu sabablar ta'siri ostida ham vaqt oʻtishi bilan yomonlashishi mumkin. Shu sababli kislotali ishlov berishni ng optimal variantini tanlash, suv yo‘lini berkitish va kapital ta’mirlash ishlarini olib borish lozimligi ushbu tadqiqot ishida asoslab berilgan. Shimoliy Shoʻrtan konining geologik tuzilishi va quduqlar konstruksiyalari hamda joriy ishlash holati bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilindi. Tahlil qilish natijasida geologik va texnologik usullarni yangi yondashuvlar asosida amalga oshirish zarurligi keltirib o‘tildi. Bosimni ushlab turish maqsadida kondagi 9, 14, 24, 27 - sonli quduqlar orqali suv haydash ishlari bajarilmoqda ammo 9, 14, 27 - sonli quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borish kerakligi isbotlandi. Avariya uskunalarini bartaraf etish ishlarini davom ettirish, quduqni qayta sinovdan o‘tkazish, salbiy natija bo‘lganda kesimning mahsuldor qismidagi mavjud oraliqlarni izolyatsiya qilish, XV - P gorizont bo‘ylab boshlangan SNTYU( suv neft tutash yuzasi ) ostiga suv haydash bilan haydash fondiga o‘tkazish kerakligi aniqlandi. Quduqlarga suv haydash tizimini optimallashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan chora - tadbirlarni qo‘llash va quduqda yon stvol ochish ishlarini bajarish orqali qazib oluvchi quduqlardan kuniga qo‘shimcha 5 tonna neft olish imkoniyati borligi ilmiy asoslangan.Kalit so'zlar
neftberaoluvchanlik
qovushqoqlik
o‘tkazuvchanlik
qatlam bosimi
kapital ta’mirlash
geologik va texnologik tadbirlar
geofizik tadqiqot
quduq tubi zonasi
haydovchi quduq
yon stvol.
Mualliflar
Iqtibos keltirish tartibi
Jurnal uslubiMuhammadiyev, H. M.; Hoshimov, E. A. o. SHIMOLIY SHO‘RTAN KONIDA NEFTBERAOLUVCHANLIKNI OSHIRISH UCHUN QUDUQLARDA GEOLOGIK VA TEXNIK TADBIRLAR SAMARADORLIGINI ASOSLASH. Innovatsion texnologiyalar, 2026, 63(3), 50-57.
https://doi.org/10.70769/2181-4732.ITJ.2026-3.05
Adabiyotlar
- Агзамов А.Х., Эрматов Н.Х., Агзамов А.А., Мухаммадиев Х.М. Решение вопросов оптимизации работы нефтяных и газовых скважин при их исследовании и эксплуатации //Монография. –Ташкент: Изд - во «Lesson press», 2021. –138 стр.
- Akramov B.Sh.,Umedov Sh.X. “Neft qazib olish boyicha ma’lumotnoma”, Toshkent, “Fan va texnologiya” -2010, 368 bet. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR INNOVATIVE TECHNOLOGIES ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ 2026 - yil 3 (63) - son 2026 volume 63, number 3 Том 63 No 3, 202 6 ISSN 2181 - 4732 E - ISSN 2181 - 4 015 57
- Muhammadiyev H.M., Boyqobilova M.M., Yuldoshev Y.O. Neft va gaz uyumlariga ta’sir etish usullarining tahlili // “Respublika janubida geologiya, kon-metallurgiya va neft-gaz sohalarining istiqbollari xalqaro ilmiy va ilmiy - texnik anjumani” – Termiz. 2024 yil 23-24 noyabr, -277-282 betlar.
- Лысенко В.Д., Грайфер В.И - Разработка малопродуктивных нефтяных месторождений “Недра - Бизнесцентр” –Москва. – 2001. 356 стр.
- Nontechnical guide to petroleum geology, exploration, drilling, and production, Norman J. Hyne. 2008, Elsevier.
- PETROLEUM and Gas FIELD PROCESSING, Jorge Salgado Gomes, Janeza Trdine 9, 51000 Rijeka, Croatia, 2012.
- Проектные решения по оптимизации ППД согласно ПТД «Проект разработки месторождения Северный Шуртан»2023 г. Протокол No013/П от 02.02.2023г.
- “SANEG” QK MCHJ Qarshi hududiy boshqarmasi 2024 yil hisoboti.
- Проект разработки газоконденсатного месторождения Северный Шуртан. Тошкент, -2009 год.
- Коррективы проекта разработки газоконденсатного месторождения Cеверный Шўртан. Тошкент, 2011 год.
- Maxmudov N.N., Nomozov B.Yu., Azizova D.G‘., Ashurov M.T. Neft va gaz qazib olish texni ka va texnologiyasi.Darslik. Toshkent: “EXCELLENT POLYGRAPHY” nashriyoti, -2020, -480 b.
- Muhammadiyev H.M. Neft va gaz qatlami fizikasi. O‘quv qo‘llanma. –Qarshi: “Intellekt nashiryoti”. 2023 y. 138 bet.