PAST KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARINING TURLI REJIMLARIDA QUVVAT ISROFLARINI TAHLIL ETISH
Referat
Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada past kuchlanishli elektr tarmoqlarida yuklamalarning simmetrik va nosimmetrik taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan texnik va ekspluatatsion muammolar har tomonlama tahlil qilingan. Xususan, yuklamalarning fazalar bo‘yicha notekis taqsimlanishi sababli kuchlanish pasayishlari va quvvat isroflari o‘rganilgan. Tadqiqotda DigSILENT PowerFactory dasturiy ta’minoti yordamida real sharoitlarga yaq in model yaratilib, turli yuklama holatlari tahlil qilingan. Simmetrik yuklama holatida elektr energiyasi tarmoq bo‘ylab bir xil taqsimlanadi, natijada kuchlanish pasayishi me’yorda saqlanadi va elektr energiya isroflari minimal darajada bo‘ladi. Aksincha, yuklamalar nosimmetrik bo‘lsa, ya’ni fazalar bo‘yicha sezilarli nomutanosibli k mavjud bo‘lsa, tarmoqda kuchlanishning muvozanati buziladi, ba’zi nuqtalarda kuchlanish normadan oshadi yoki kamayadi, shuningdek, elektr energiya isroflari keskin ortadi. Bu esa iste’molchilarning elektr uskunalarida nosozliklar paydo bo‘lishi, xizmat muddati qisqarishi va ekspluatatsiya xarajatlarining ortishiga olib keladi. Tadqiqotda ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari sifatida yuklamalarni fazalar bo‘yicha teng taqsimlash va monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, natijalarga asoslanib, kelajakda elektr tarmoqlarini loyihalashda nosimmetrik yuklamalarni inobatga olish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu ish past kuchlanishli elektr tarmoqlar samaradorligini oshirish va elektr energiyasining sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar
Iqtibos keltirish tartibi
Jurnal uslubiAdabiyotlar
- ГОСТ 32144 - 2013 (2014). Нормы качества электрической энергии в системах электроснабжения общего назначения - Москва, Стандартинформ.
- Аллаев K.Р. (2021). Современная энергетика и перспективы ее развития. – Тошкент. «Фан ва технологиялар нашриёт - матбаа уйи» В. 952.
- Xudayarov M.B., Abduxalimov J.A. Elektr energiyasining asosiy sifat ko‘rsatkichlari va ularni elektr energiyasi isroflariga ta’siri // Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va еchimlari. 2024 y. 365 - 369 b.
- Xudayarov M.B., Abduxalimov J.A. Elektr tarmoqlarida kuchlanish nosinusoidalligining elektr energiya isroflariga ta’siri // Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari. 2025 y 307 - 309 b. INNOVA TSI ON TEXNOLOGIYALAR INNOVATIVE TECHNOLOGIES ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ 2025 - yil 1(58) - son 2025 volume 58, number 2 Том 58 No 2, 2025 ISSN 2181 - 4732 ISSN 2181 - 4732 137
- Xudayarov M.B., Abduxalimov J.A. Taqsimlovchi tarmoq elektr energiyasi isroflariga tarmoq yuklanish koeffi tsi y entining ta’siri // «Инновaционная энергетика: фундаменталные основы энергетики и инновaционные инженерные решения» 2025 y 465 - 468 b.
- Xudayarov M.B., Fayziyev M.M., Bobonazarov B.S., Kamilov A.N. Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida elektr energiya isroflarini sun’iy neyron tarmoqlar yordamida baholash.// Innova tsi on texnologiyalar 2021/3(43) - son 47 - 52. (05.00.00 No38)
- Xudayarov M.B., Bobonazarov B.S. Оперативный расчёт технических потерь электроэнергии в распределительных сетях // Energiya va resurs tejash muammolari No Специальный выпуск - 2021 y 184 - 189. (05.00.00 No21).
- Xudayarov M.B., Bobonazarov B.S. Оценка технических потерь электроэнергии в совокупности распределительных сетей на основе искусственных нейронных сетей // Energiya va resurs tejash muammolari No 4 2022 y 165 - 170. (05.00.00 No21).
- Xudayarov M.B., Bobonazarov B.S. Оценка эффективности работы электрических сетей систем электроснабжения промышленных п редприятий // Energiya va resurs tejash muammolari No 4 2023 y 261 - 268. (05.00.00 No21).
- Xudayarov M.B., Bobonazarov B.S. Оценка технических потерь электроэнергии в распределительны х сетях в условиях работы АСКУЭ // «Инновa ци онное развитие электро сетевых предприятий в условиях цифровизa ци и отраслей экономики Узбекистана». Республиканская научно - техническая конференция 8 сентября 2021 года с. 63 - 67.
- Xudayarov M.B., Fayziyev M.M., Bobonazarov B.S. Elektr tarmoqlarining kuchlanish pog‘onalarini hisobga olgan holda elektr energiyasi isroflarini tasniflash // «Energiya va resurs tejamkor innova tsi on texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb muammolari». Respublika ilmiy - texnikaviy anjuman materiallar to‘plami, 23 - 24 - sentyabr 2022 - yil, 194 - 198 б.
- Xudayarov M.B., Bobonazarov B.S. Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida sun’iy neyron tarmoqlarini qo‘llanishi // « Современные проблемы физики, энергетики и теплотехники ». Республиканская научно - техническая конференция 18 ноября 2022 г. С. 121 - 124.