NOANIQ MANTIQ VA NOANIQ PRODUK TSI ON QOIDALAR ASOSIDA INTELLEKTUAL EKSPERT TIZIMLARINI MODELLASHTIRISH
Referat
Ushbu maqolada sun’iy intellekt va intellektual ekspert tizimlarida muhim o‘rin tutadigan noaniq mantiq va noaniq produktsion qoidalar tushunchalari atroflicha tahlil qilinadi. Muallif tomonidan real hayotdagi murakkab va to‘liq emas ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonida noaniq xulosalarni modellashning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqotda suv sathini avtomatik boshqarish tizimi misolida noaniq tegishlilik funktsiyalari shakllantirildi va ular asosida klapanni ochish burchagini aniqlovchi xulosa chiqarish algoritmi ishlab chiqildi. Bu orqali mutaxassis bilimlari formallashtirilib, kompyuterda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan intellektual boshqaruv modeli yaratildi. Maqolada fazzifikatsiya, qoidalar asoslangan xulosa chiqarish, agregatsiya va defazzifikatsiya kabi bosqichlar izchil yoritilib, ularning amaliy jihatlari grafik tahlillar orqali tasdiqlangan. Shu bilan birga, muallif tomondan ekspertlar bilan intervyu, kuzatuv va eksperiment usullari orqali tegishlilik funktsiyalarini shakllantirish metodologiyasi taklif qilingan. Tadqiqot natijalari noaniq modellar asosida inson bilimlarini samarali ifoda etish va dinamik boshqaruv tizimlarini yaratishda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Mazkur yondashuvni tibbiyot, ta’lim, iqtisodiyot va boshqalar sohalardagi noaniq va sub’ektiv qaror qabul qilish jarayonlariga tatbiq etish tavsiya etiladi.
Kalit so'zlar
Iqtibos keltirish tartibi
Jurnal uslubiAdabiyotlar
- Мамедов И.И., Алиев Р.А. Нечеткая логика и её приложения. — Баку: Эльм, 2003. - 240 с.
- Zadeh L.A. The concept of a linguistic variable and its application to approximate reasoning. Part I, II, III. — Information Sciences, 1975. — Vol. 8 – 9. — P. 199 – 249; 301 – 357; 43 – 80.
- Ross T.J. Fuzzy Logic with Engineering Applications. — 3rd ed. — Wiley, 2010. — 606 p.
- Туртку А. Нечеткие экспертные системы: теория и практика. — Математическое моделирование, 2019. — No3. — С. 75 – 84.
- Алиев Р.А., Алиева Н.А. Математические основы нечеткой логики. - Баку: Эльм, 2007. - 336 с.
- Асои К. и др. Прикладные нечёткие системы. — М.: Мир, 1993. — 368 с.
- Юсупбеков Н.Р. ва бошқалар. Бошқаришнинг интеллектуал тизимлари ва қарор қабул қилиш. — Тошкент: 2015. — 572 б.
- Клир Ж., Юань Б. Ноқатъий тўпламлар ва ноқатъий мантиқ: назария ва қўлланма. - Тошкент: Фан, 2022. — 448 б.
- Коско Б. Ноқатъий фикрлаш: Ноаниқ мантиқ илми. — Тошкент: Илм Зиё, 2021. - 352 б.
- Дюбуа Д., Прад А. Теория и приложения нечётких множеств и систем. — М.: Мир, 1986. - 432 с.